O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek «Oltintepa» jome masjidi qayta bunyod etilishi munosabati bilan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ulamolar, imom-domlalar, namozxonlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
“2016 yil avgust oyida qurilish ishlari boshlangan edi. Masjid ikki yilu to‘rt oy degan-da hashar yo‘li bilan bitkazildi. Masjid mahobatli moviy gumbaz, keng xonaqohlar, so‘lim hovliga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 2300 nafar namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi”, deyiladi xabarda.