Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Poytaxt energetika infratuzilmasini yangilash ustuvor vazifa bo‘ladi

Poytaxt energetika infratuzilmasini yangilash ustuvor vazifa bo‘ladi

Davlatimiz rahbari poytaxtning rivojlanish rejalarini belgilashda albatta mavjud va istiqbolli energetika masalalarini hisobga olish zarurligini qayd etdi.

Poytaxtda so‘nggi 6 yilda elektr energiyasi iste’moli 30 foizga oshib, yiliga qariyb 8 milliard kilovatt-soatga yetdi.

So‘nggi yillarda poytaxt uchun eng dolzarb bo‘lgan uy-joy qurish, mahallalarni obod qilish, yangi korxonalar va ish o‘rinlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Lekin poytaxtga elektr energiyasi Yunusobod orqali o‘tgan bitta yuqori kuchlanishli tarmoq orqali yetkazib berilmoqda. Mavjud podstansiyalar ma’nan va jismonan eskirgan. Shu bois, endi poytaxt energetika infratuzilmasini yangilash ustuvor vazifa bo‘ladi.

Shu maqsadda Toshkent shahri elektr ta’minoti tizimini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha katta dastur qabul qilindi.

Kiritildi: 11:27 18.03.2023. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!