Bugun 20 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Portugaliyada prezident saylovlari: hech bir nomzod 50 foiz to‘plamadi, ikkinchi tur o‘tkaziladi

Portugaliyada prezident saylovlari: hech bir nomzod 50 foiz to‘plamadi, ikkinchi tur o‘tkaziladi

Portugaliyada prezident saylovlarining birinchi turida hech bir nomzod 50 foizdan ortiq ovoz ololmadi, shu bois ikkinchi tur belgilandi.

Report xabariga ko‘ra, sosialist Antoniu Joze Seguru 31,1 foiz ovoz bilan peshqadam. Ikkinchi o‘rinni 23,5 foiz natija bilan o‘ng radikal Chega! partiyasi rahbari Andre Ventura egalladi.

Uchinchi o‘rinda “Liberal tashabbus” partiyasidan Yevropa parlamenti deputati Joau Kotrim Figeyredo — 15,9 foiz.

Ikkinchi tur 8 fevral kuni o‘tkaziladi. Bu Portugaliya tarixida 1986 yildan beri birinchi, 1976 yilda demokratiya o‘rnatilganidan buyon esa ikkinchi bor prezident saylovlari ikkinchi turga qolishi hisoblanadi.

Kiritildi: 20:26 19.01.2026. O'qildi: 178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!