Portugaliya hukumati 20 yildan keyin Turkiyaga birinchi parlament tashrifini amalga oshirdi.
Bu haqda Turkiya Buyuk Millat Majlisining ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qilindi.
Portugaliya Assambleyasi Prezidenti Joze Pedru Agiar-Branku Turkiya Parlamentida Buyuk Millat Majlisi Spikeri Numan Kurtulmish bilan uchrashdi.
Portugaliya Assambleyasi Prezidenti va Turkiya tomoni delegasiyalari yakkama-yakka uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida 2026 yil Turkiya va Portugaliya o‘rtasida diplomatik munosabatlar tiklanganining 100 yilligi eslatildi.
Suhbat davomida Portugaliyaning Falastin davlati mustaqilligini tan olgani alohida ta’kidlandi.