"Gumanitar vizani yaratish haqidagi qonun loyihasi Portugaliya parlamenti tomonidan tasdiqlandi", deb yozadi Correio da Manha gazetasi. Bu qonun o‘z vatanida ta’qibga uchragan odamlarga Portugaliyaga alohida viza uchun ariza berish va kelganida mamlakatda siyosiy boshpana olish imkonini beradi. Gumanitar vizalar berish bilan bog‘liq barcha tartib-qoidalar Konstitusiyaviy ishlar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Qonun loyihasini ilgari surgan “Liberal tashabbus” partiyasi siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qibga uchragan odamlar “xavf-xatarlar mavjud sharoitda” uylariga qaytgandan ko‘ra, istalgan mamlakatdagi Portugaliya elchixonasida viza olishlarini ta’minlash to‘g‘ri deb hisoblaydi.
Partiya a’zosi Pavel Elizarovning ma’lum qilishicha, siyosiy sabablarga ko‘ra mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lgan rossiyaliklar ham Portugaliyaga gumanitar viza olish uchun murojaat qilishlari mumkin.