Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Poroshenko Kreml uchun sinovni aytdi

A A A
Poroshenko Kreml uchun sinovni aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassga BMT tinchlikparvarlari kiritilishi masalasini Kreml uchun sinov, deb atadi.

"Tinchlikni tiklash uchun muhim vazifa - egallab olingan Donbassda BMT mandati ostida ko‘p millatli tinchlikparvarlik missiyasini joylashtirish. Boshqa, yanada samarali yo‘l, hozircha yo‘q. Donbassdagi missiya bo‘yicha taklif - bu ham tinchlikka yo‘l, ham Kreml samimiy niyatda ekanini aniqlash bo‘yicha sinov. Agar Moskva tinchlikni xohlasa, unda bu ular uchun yaxshi imkoniyat", - deya yozgan Poroshenko Facebook’dagi o‘z sahifasida.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga BMT tinchlikparvarlarini yuborish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashi, biroq gap faqat YEXHT xodimlari xavfsizligini ta’minlash funksiyasi haqida ketishini ma’lum qilgandi. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 17:00 30.06.2018. O'qildi: 1496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik