Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Porye Konorning oyoq zarbalari haqida: "Hech qachon bunday og‘riq his qilmagandim..."

Porye Konorning oyoq zarbalari haqida: "Hech qachon bunday og‘riq his qilmagandim..."

UFC jangchisi Dastin Porye Konor Makgregor bilan bo‘lgan uchinchi jangni esladi.

"Men oyoq zarbalari kuchli bo‘lgan juda ko‘p sportchilar bilan jang qilganman. Ammo, men oktagonni hech qachon tizzamdagi og‘riq bilan tark etmaganman. Konor bilan jangdan keyin esa, tizzamda qattiq og‘riq bilan jangni yakunladim.

Tizza zarba tekkanda, ikkala jangchi uchun ham og‘riqli bo‘ladi. Uning oyog‘ini sinishiga aynan shu zarba sabab bo‘lganmi yoki yo‘q, bunisini bilmayman. Lekin, Konor juda ko‘p kuchli zarbalar berdi. Ularning birida suyaklarimiz bir-biriga to‘qnashdi", - dedi Dastin Porye.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni Konor Makregor va Dastin Porye o‘rtasidagi jang o‘tkazilgandi. Unda Konor oyog‘ini sindirib olib, mag‘lubiyatga uchragandi.

Kiritildi: 22:52 05.08.2021. O'qildi: 2777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!