Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Pora olish kamayib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish ortgan

Pora olish kamayib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish ortgan

O‘zbekistonda amaldorlarning pora berish va pora olish jinoyati kamayib, byudjet pullarini talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi korrupsiyaning yangi turlari ko‘paygan.

Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ta’kidlab o‘tgan.

Uning qayd etishicha, 2019 yilga qadar pora berish va pora olish aksariyat jinoyatlarni tashkil qilgan. «Bugungi kunga kelib esa mansabdor shaxslar tomonidan pora berish va olish jinoyatlari keskin kamaygan, bu 10 foiz ham chiqmaydi. Lekin afsuski, korrupsiyaning yangi turlari — davlat byudjeti mablag‘larini talon-toroj qilish, firibgarlik, ya’ni mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlar, aksincha, ko‘paygan. Aynan poraxo‘rlik jinoyatlarining kamaygani davlat xizmatlarining raqamlashtirilgani bilan bog‘liq», — dedi agentlik direktori.

Kiritildi: 11:00 20.10.2024. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!