Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lida yuk mashinasi yonib ketdi

Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lida yuk mashinasi yonib ketdi

Bugun, 23-may kuni soat 01:06 da Namangan viloyati Pop tumani “Sadoqat” MFY hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 277.5 kilometrida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “DAF” rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:47 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 01:50 da qurshab olingan va soat 02:00 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 11:50 23.05.2023. O'qildi: 1616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!