Polshaning amaldagi prezidenti Anjey Duda va muxolifat nomzodi Rafal Tshaskovskiy prezident saylovlarining ikkinchi bosqichiga o‘tishdi. Bundan Ipsos o‘tkazgan ekzit-poll ma’lumotlari darak bermoqda.
So‘rovnomaga ko‘ra, 28 iyunda o‘tgan saylovlarda Duda birinchi bosqichda g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan 50 foizdan ko‘proq ovozni to‘play olmagan. U uchun 41,8 foiz, uning raqibi Tshaskovskiyga 30,4 foiz saylovchilar ovoz bergan.
Saylovlarda 11 nomzod ishtirok etgan. Ularda ishtirok etish darajasi 62,9 foizni tashkil qilgan.
Saylovlarning 2-bosqichi 12 iyulda bo‘lib o‘tadi.
Polsha davlat saylov komissiyasi rasmiy natijalarni 1 iyulgacha e’lon qilishni rejalashtirgan