Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Polshada ikkinchi jahon urushiga tegishli eng katta bomba zararsizlantirilayotganda portlab ketdi

Polshada ikkinchi jahon urushiga tegishli eng katta bomba zararsizlantirilayotganda portlab ketdi

Polshada ikkinchi jahon urushiga tegishli bo‘lgan eng katta bomba topilgandi. 13 oktyabr kuni Polsha dengiz kuchlarining ekspertlari ushbu bombani dengizda zararsizlantirishga urinishayotganda u portlab ketdi.

Polshaning Svinojski shahri yaqinidan Britaniyaga tegishli Tallboy bombasi topilganidan keyin ushbu hududda yashovchi 750 dan ortiq odam evakuasiya qilingandi. Tallboyning umumiy vazni 5400 kilogramm bo‘lib, uning 2400 kilogrammi portlovchi moddalardan tashkil topgan.

“Bombani bo‘shatib yuborish ishi uni portlatib yuborishga aylanib ketdi. Ayni paytda u batamom zararsizlantirildi, deb hisoblash mumkin. Endi u hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Ushbu hodisa yuz berganda 9 nafar g‘avvoslarimizning barchasi xavfsiz hududda edi” deydi leytenant Grzegorz Levandovski.

Polshaning Svinojski shahrida suyultirilgan gaz saqlanadigan joy bor. Lekin, shahar hukumati ushbu portlashdan keyin hech qaysi inshootga zarar yetmagani va hech kim jarohat olmaganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 12:31 14.10.2020. O'qildi: 3642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!