"Polsha qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish rejasi yo‘q va bo‘lmaydi. Polsha NATOning sharqiy qanotini himoya qilish, shuningdek, hujumga uchragan qo‘shnini logistika bilan ta’minlash uchun birgalikda javobgardir."
- deb yozdi Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish ijtimoiy tarmoqda.
Uning "tasdiqlayman" so‘zlari yozilgan postini mamlakat tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy qayta e’lon qildi.
Polsha Rossiya bilan tinchlik kelishuvi tuzilsa, Ukrainaga yuboriladigan "barqarorlik kuchlari"ga qo‘shilishi mumkin, dedi Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellog seshanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida.