Polsha «Sharq qalqoni» dasturi doirasida Rossiya bilan chegarada mudofaa istehkomlari liniyasini qurishni boshladi. Ish 2028 yilgacha davom etadi, loyiha qiymati 10 milliard zloti (2,5 milliard dollar)ga baholanmoqda.
«Sharq qalqoni qurilishi boshlandi! Rossiya bilan chegaradagi birinchi ish», — deb yozdi bosh vazir Donald Tusk ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida.
Ishlar doirasida 800 km ariq qaziladi, minalangan maydonlar jihozlanadi, tankga qarshi tipratikanlar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, videokuzatuv tizimi yaratiladi.
Polsha «Belarus va Rossiyadan kelayotgan tahdidlarga qarshi turish uchun NATOning sharqiy qanotida keng qamrovli mudofaa infratuzilmasini» yaratish niyatida ekani avvalroq xabar qilingan edi.
Rossiyaning Kaliningrad viloyati Polsha bilan chegaradosh.