Bugun 26 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Polsha prezidenti ukrainaliklarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonunga veto qo‘ydi

Polsha prezidenti ukrainaliklarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonunga veto qo‘ydi

Bu haqda Rzeczpospolita nashri xabar bermoqda.

Gazeta xabariga ko‘ra, Polsha prezidenti Karol Navroskiy Ukraina fuqarolarga yordam berish haqidagi qonunga kiritilgan tuzatishlarga veto qo‘ydi. Bu tuzatishlar Polshadagi ukrainaliklar uchun nafaqa to‘lash va vaqtinchalik himoya maqomini uzaytirishni nazarda tutgan edi.

Gap 18 yoshgacha bo‘lgan har bir ukrainalik uchun oyiga 800 zlotiy (taxminan 190 yevro) miqdorida to‘lovni ko‘zda tutuvchi nafaqa haqida bormoqda. Navroskiyning fikricha, bu nafaqani faqat Polshada ishlayotgan ukrainaliklarning bolalari olishlari kerak.

"Bundan tashqari, ushbu qonundagi tuzatishlar Polshadagi ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoya maqomini 2026 yil 4 martgacha uzaytirishni ham taklif qilgan edi. Qonun loyihasi hozircha qayta ko‘rib chiqish uchun parlamentga yuborildi", deya yozmoqda Rzeczpospolita.

Kiritildi: 21:35 25.08.2025. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!