Polsha o‘ziga va’da qilingan MiG-29 qiruvchi samolyotlarini NATOdan Polsha osmonini himoya qilish kafolatlarini olmasdan turib, Ukrainaga topshirmaydi.
Bu haqda respublika prezidenti Anjey Duda o‘z idorasi tomonidan efirga uzatilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
"Bizda mutlaq kafolatlar bo‘lmaguncha (NATO havo hududini himoya qilish – tahr.) biz samolyotlarimizni topshira olmaymiz, chunki ular bu yerda xavfsizlikni ta’minlash uchun kerak" - dedi Duda Varshavada NATO bosh kotibi Mark Rutte bilan muzokaralardan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, 8 iyul kuni Polsha va Ukraina mudofaa va xavfsizlik sohasida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi, biroq o‘shanda bosh vazir Donald Tusk Zelenskiyni Varshava shartnoma bo‘yicha MiG-29 samolyotlarini o‘tkaza olmasligi haqida ogohlantirgan edi.