Polsha Isroildan taxminan 200 nafar fuqarosini evakuasiya qilishni rejalashtirmoqda. Ularning jo‘nab ketishi Iordaniya poytaxti Ammon orqali amalga oshiriladi, dedi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Genrika Mossiskaya-Dendis.
«Biz yaqin soatlarda tayyor bo‘lishimizni taxmin qilamiz. Evakuasiya mamlakatda turist sifatida qolib ketganlar hamda faqat qisqa muddat qolmoqchi bo‘lganlarga taalluqlidir», — dedi Mossiskaya-Dendis jurnalistlarga.