Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Polsha hali MiG-29 qiruvchilarini Ukrainaga topshirishga tayyor emas

Polsha hali MiG-29 qiruvchilarini Ukrainaga topshirishga tayyor emas

Polsha hali MiG-29 qiruvchilarini Ukrainaga topshirishga tayyor emas — Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish.

Uning qayd etishicha, Polsha rasmiylari Ukrainaga qo‘llaridan kelgan darajada "bir necha milliard dollar"lik harbiy yordam berishgan. Biroq, vazir Polshaning mudofaa qobiliyatini saqlab qolishni asosiy ustuvor vazifa deb atadi.

"Varshava o‘zining ko‘p maqsadli MiG-29 samolyotlarini Kiyevga ularning o‘rniga yangi jangovar samolyotlar olgandan keyingina o‘tkazishi mumkin bo‘ladi", — dedi Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish.

Kosinyak-Kamishning so‘zlariga ko‘ra, Polsha harbiy-havo kuchlari yangi jangovar samolyotlarni olgandan keyingina MiG-29 ni Ukrainaga topshirish mumkin bo‘ladi. Gap, xususan, Varshava Qo‘shma Shtatlarga buyurtma qilgan F-35 qiruvchi samolyotlari haqida ketmoqda.

Kiritildi: 13:32 28.08.2024. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!