Anjey Duda bu haqda Polsat telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Germaniya siyosatchilarining Yevropa AQShdan mustaqil harakat qilishi kerakligi haqidagi bayonotlariga izoh berar ekan, Duda "Germaniya AQSh bilan bog‘liq munosabatlarini bizga topshirsin", deya taklif qildi.
"Biz ularni Germaniyada joylashgan Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlari bilan birgalikda mamnuniyat bilan qabul qilamiz", — deya qo‘shimcha qildi Polsha prezidenti.
Avvalroq AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Vashington Germaniyadagi harbiy ishtirokini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi.