Polsha Bosh vaziri Donald Tusk AQShning Varshavadagi elchisi Tom Rouzni tanqid qildi.
Tusk bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
"Elchi Rouz, ittifoqchilar bir-birlarini hurmat qilishlari kerak, ma’ruza qilishlari shart emas. Hech bo‘lmaganda, biz Polshadagi sheriklikni shunday tushunamiz", deb yozgan Tusk.
U bu bayonotni Vashington Polsha Seymining (parlamentning quyi palatasi) spikeri Vlodzimej Chajasti bilan AQSh prezidenti Donald Trampga qaratilgan haqoratlar tufayli barcha aloqalarni uzishga qaror qilganidan keyin qildi.
Chajasti yaqinda Isroil Knesseti spikeri va AQSh Vakillar palatasining Trampga Nobel tinchlik mukofotini berish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. O‘z qarorini e’lon qilar ekan, Polsha parlamentining quyi palatasi spikeri Amerika rahbari mukofotga loyiq emasligini ta’kidladi.