Polsha o‘z armiyasi uchun Amerikaning 32 ta S-70i Black Hawk vertolyotlarini xarid qilish jarayoni to‘xtatilganini e’lon qildi.
Bu haqda mudofaa vaziri o‘rinbosari Pavel Beyda va Polsha qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Visslav Kukula qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Polshaning TVP World telekanali.
Beidaning ta’kidlashicha, xaridlar jarayoni avvalgi hukumat tomonidan boshlangan, ammo yakuniy kelishuv hech qachon imzolanmagan. "Biz hech qanday shartnomani bekor qilganimiz yo‘q. S-70i Black Hawk vertolyotlarini xarid qilish bilan bog‘liq jarayonni yopdik. Bu qaror joriy geosiyosiy vaziyat va Ukrainadagi harbiy voqealar rivoji tahliliga asoslangan", - dedi u.