Amerika yetakchisi Jo Bayden Ukrainada qilgan xatosini tan olishi va Rossiya bilan tinchlik kelishuviga rozi bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Bunday fikrni Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas MakGregor bildirdi.
“Biz ruslarni imkoniyatini past baholadik va hozir sodir bo‘layotgan falokatga qarab o‘tiribmiz. Biz Ukrainada qurollantirgan bu armiya yo‘q qilindi”, — dedi u jurnalist Den Balga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb xato qilganini tan olishga va bir to‘xtamga kelishga majbur.
“Agar biz buni qilmasak, ruslarning Dneprni bosib olishdan, Kiyevni bosib olishdan va Polsha chegarasiga yetib borishidan nima to‘sqinlik qiladi? Hech narsa, - dedi MakGregor.