Seshanba oqshomida Pokiston armiyasining Afg‘oniston sharqidagi Paktika viloyatining chegara hududlariga bergan zarbalari natijasida kamida 51 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda chorshanba kuni Afg‘oniston hukumati matbuot kotibi o‘rinbosari Hamdulla Fitrat ma’lum qildi.
"Kecha tunda Paktika viloyatining Barmal tumanida sodir etilgan portlashda 51 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi", — dedi u Sinxua agentligiga.
Havo hujumlari davomida bir qancha turar-joy binolari vayron bo‘ldi, deya qo‘shimcha qildi H.Fitrat.