Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Pokistonning Lahor shahrida havo ifloslanishi normadan 60 baravar oshgani sababli maktablar yopildi

Pokistonning Lahor shahrida havo ifloslanishi normadan 60 baravar oshgani sababli maktablar yopildi

Pokistonning ikkinchi yirik shahri Lahor maktablarni yopdi va fuqarolarni havoning kuchli ifloslanishi sababli uyda qolishga chaqirdi, deb xabar beradi Reuters.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, shahardagi havo sifati indeksi rekord darajadagi 1100 ga yetgan.

IQAir monitoring kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda shahardagi havo sifati «xavfli» darajada qolmoqda. Qon aylanish va nafas olish tizimlariga zarar etkazuvchi ifloslantiruvchi PM2.5 kontsentrasiyasi Lahorda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 60 baravar yuqori.

Atrof-muhitni transport vositalaridan ifloslanishini kamaytirish uchun ofis xodimlarining yarmi masofaviy ishlashga o‘tkazildi. Rasmiylar havo sifatining yomonlashishini qo‘shni Hindistondan havoni ifloslantiruvchi shamollar bilan bog‘lashdi.

IQAir reytingiga ko‘ra, ayni paytda Nyu-Dehli havosining ifloslanish darajasi ham «xavfli» darajada.

Kiritildi: 03:22 05.11.2024. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!