Vaqti-vaqti bilan suv toshqinlari Hindistonning suv omborlaridan suv chiqarishi tufayli yuzaga keldi.
Qo‘shni Hindistondagi Ravi daryosidagi suv omborlaridan suvning nazorasiz oqishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinidan kamida 224 nafar pokistonlik qutqarildi.
Pokiston matbuoti xabarlariga ko‘ra, Hindiston tomoni musson yomg‘irlari fonida to‘g‘onlarini ochgan. Pokistonning Panjob viloyatining Naroval tumanida toshqinlar qayd etildi.
Suv toshqini tufayli og‘ir ahvolga tushib qolgan 224 kishi qutqarilib, xavfsiz hududlarga evakuasiya qilindi.
Pokistonning chegara hududlaridagi qishloq xo‘jalik yerlariga jiddiy zarar yetkazgan suv oqimlarining 48 soat ichida Lahorga yetib borishi kutilmoqda.