Pokiston janubidagi Balujiston viloyatida yuz bergan portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi.
Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmaning ishga tushishi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, 11 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Zarba to‘lqini kuchidan yaqin atrofdagi avtomobillar va do‘konlar zarar ko‘rgan. Hujum yaqin atrofdagi harbiy ob’ektni nishonga olgani taxmin qilinmoqda.
Voqea ortidan harbiylar va hujumni uyushtirganlikda gumon qilingan qurollangan shaxslar o‘rtasida otishma boshlangan.
Hozircha hech bir guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.