Pokistonning Balujiston viloyatidagi miting chog‘ida portlash yuz berdi.
Bu haqda rasmiylar xabar berdi, deb xabar beradi Haber Global.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash Kvettadagi Shohvoniy stadioni oldida miting yakunlanganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan.
Mahalliy kasalxona matbuot kotibi Vasim Beyning Davn nashriga aytishicha, portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 17 kishi jarohatlangan.
Portlash sabablari haqida hozircha rasmiy bayonotlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, so‘z yuritilayotgan miting sobiq bosh vazir Sardor Axtar Mengal boshchiligidagi Balujiston milliy partiyasi tomonidan tashkil etilgan.