"Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida hukumatga qarshi jangari guruhlar tomonidan harbiylar qo‘riqlayotgan nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirildi. Oqibatida kamida 16 nafar pokistonlik harbiy halok bo‘ldi, 5 nafari og‘ir yaralandi", deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, hodisa bugun, 21 dekabr kuni tungi vaqtda Afg‘oniston chegarasidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Makin tumanida sodir bo‘lgan. Hujumda 30 nafar jangari ishtirok etgan va ular bilan jang bir necha soat davom etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar nazorat-o‘tkazish punktini egallab, u yerda joylashgan aloqa uskunalarini yo‘q qilishga va qurollarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.