Pokiston yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi noroziliklardan so‘ng bepul jamoat transportini e’lon qildi – The Guardian.
Gazetaning yozishicha, mamlakat rasmiylari Eron bilan urush sababli hukumat yoqilg‘i narxini keskin oshirganidan so‘ng, kelasi oy davomida poytaxt va mamlakatning eng zich joylashgan viloyatida davlat jamoat transporti bepul bo‘lishini ma’lum qildi.
Juma kungi e’lon benzin narxini 42,7 foizga, ya’ni litriga 485 rupiygacha ($1,74) oshirish haqidagi tungi qarordan so‘ng kelib chiqqan ko‘cha namoyishlari va yoqilg‘i quyish shaxobchalaridagi motosiklchilarning uzun navbatlaridan keyin yangradi.
O‘sha kuni kechqurun Bosh vazir Shahboz Sharif o‘z pozisiyasini o‘zgartirib, soliqni kamaytirishini va benzin narxini litriga 378 rupiy etib belgilashini aytgan edi.
"Yoqilg‘i narxining pasaytirilishi kamida bir oy davomida amal qiladi", — dedi u xalqqa yo‘llagan murojaatida.
"Va’da beramanki, hayotingiz yahshilanmaguncha tinchimayman", – deydi Shahboz Sharif.
"Bosh vazir dizel yoqilg‘isi narxini tushirmadi, u 54,9 foizlik oshishdan keyin litriga 520 rupiy ($5,60) darajasida qoladi. Hukumat 350 million rupiy miqdoridagi yukni o‘z zimmasiga oladi", – deya qo‘shimcha qiladi Pokiston Ichki ishlar vaziri Muhsin Nakvi.