Pokiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani tufayli Eron bilan bo‘lgan chegarasini noma’lum muddatga yopib qo‘ydi.
Bu haqda Pokiston OAV ma’lum qilgan.
«Chegarani yopish haqidagi qaror xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilindi. Bu Isroilning hujumlari tufayli yuzaga kelgan beqaror vaziyatga bog‘liq», — deb keltiradi OAV rasmiy manbalar so‘zlarini.