Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Pokiston yana Afg‘oniston hududiga zarba berdi

Pokiston yana Afg‘oniston hududiga zarba berdi

Pokiston harbiy-havo kuchlari Afg‘oniston hududiga yangi zarbalar berdi. Pokiston armiyasi bayonotiga ko‘ra, zarbalar natijasida 22 nafar jangarӣ yo‘q qilingan.

Afg‘onistondagi Tolibon hukumati vakili esa hujumlar oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani, ularning aksariyati ayollar va bolalar ekanini ma’lum qildi.

Qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar Pokistonda «Tehrik-i Tolibon Pokiston» (Pokiston Toliboni) guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan hujumlar ko‘payishi ortidan keskinlashgan. Islomobod Afg‘onistondagi Tolibon hukumatini ushbu guruh jangarilariga boshpana berishda ayblamoqda.

«Tehrik-i Tolibon Pokiston» Afg‘onistonda hokimiyatni egallab turgan «Tolibon» harakatidan alohida qurolli tashkilot hisoblanadi. Guruh Pokiston xavfsizlik kuchlari va davlat ob’ektlariga muntazam hujumlar uyushtirib keladi. Kobul esa jangarilarga boshpana berilayotganini rad etib, bu masalani Pokistonning ichki muammosi deb hisoblaydi.

Pokiston hukumati «G‘azab lil-Haq» operasiyasi doirasida jangarilar lagerlariga qarshi amaliyotlarni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Islomobod «Fitna al-Xavarij» va «Fitna al-Hindiston» atamalari bilan Pokiston Toliboni hamda Belujiston va Xayber-Paxtunxva hududlarida faoliyat yurituvchi qurolli guruhlarni nazarda tutmoqda.

Pokiston bu tashkilotlarni Kobul va Nyu-Dehli qo‘llab-quvvatlayotganini da’vo qilmoqda. Ikkala tomon ham ushbu ayblovlarni rad etgan.

Tolibon hukumati vakili Zabehulloh Mujohidning ma’lum qilishicha, zarbalar natijasida Kunar va Hilmand viloyatlarida uchta uy vayron bo‘lgan. Uning aytishicha, 9 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohatlangan, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Kiritildi: 17:30 01.10.2026. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!