Pokiston Bosh vazir o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar, Isroilning Eronga bergan zarbalarini qoralab, mintaqa barqarorligi va xalqaro xavfsizlikka jiddiy putur yetkazishini aytdi.
Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Vazir bu qadam Eron suverenitetini ochiqdan-ochiq buzish ekanligini ta’kidladi.
"Ushbu harakat xalqaro huquq asoslarini buzadi, mintaqaviy barqarorlik va xalqaro xavfsizlikni jiddiy zaiflashtiradi”, deb yozadi u.