Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Pokiston harbiylari yo‘lida portlash sodir bo‘ldi

Pokiston harbiylari yo‘lida portlash sodir bo‘ldi

Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Shimoliy Vaziriston hududida uy sharoitida tayyorlangan portlovchi qurilma portladi. Mahalliy Khyber Chronicles nashrining ma’lumotiga ko‘ra, portlovchi qurilma harbiy kolonnaning yo‘lida o‘rnatilgan va masofadan boshqarilgan holda ishga tushirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida 13 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 24 nafari jarohat olgan. Jabrlanganlar orasida 14 nafar tinch aholi vakili ham bor.

Hodisa Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir bo‘ldi. Ushbu mintaqa, Belujiston bilan birga, Pokistonning eng beqaror hududlaridan biridir.

Ushbu viloyatlarda pushtunlar va beludjlarning huquqlarini himoya qilish nomi ostida faoliyat yurituvchi qurolli guruhlar mavjud bo‘lib, ular xavfsizlik kuchlari va mahalliy aholi vakillariga muntazam hujumlar uyushtirmoqda.

Islomobod bunday hujumlarni Afg‘oniston hududida joylashgan «Texrik-i-Taliban Pokiston» (TTP) guruhining uyushtirganini aytadi, ammo afg‘on hukumati bu da’volarni rad etmoqda.

Belujistonda esa faoliyat yurituvchi Belujiston Ozodlik Armiyasi (BLA) provinsiyaning Pokistondan ajralib chiqib, beludj xalqining nomidan mustaqil boshqaruvni talab qilmoqda.

Kiritildi: 23:04 28.06.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!