Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Plombaning o‘rnini bosuvchi tish geli kashf etildi

Plombaning o‘rnini bosuvchi tish geli kashf etildi

Xitoyning Chjeszyan universiteti olimlari tish emalini tiklashga, tishlarni davolashga hamda ulardagi bo‘shliqni to‘ldirishga qodir ashyoni ixtiro qilishdi. Kashfiyotchilarning fikricha, innovasion gel zamonaviy protezlashni stomatologik muolajalar ro‘yxatidan siqib chiqaradi.

Amalda olimlar tuzilishiga ko‘ra tabiiysiga juda o‘xshaydigan sun’iy emalni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zararlangan tishga surtilgan gel 48 soatda yangi emalning hosil bo‘lishiga yordam beradi. Yangi qatlam qalinligi 3 mikronni tashkil etadi — bu yetarli miqdordan 400 baravar kam. Biroq gelni shikastlangan joyga bir necha marta surtsa bo‘ladi.

Cheklangan natijalarga qaramay, tadqiqot mualliflari stomatologlar bilan tandemda samaradorligi va qo‘llashda qulayligi tufayli yangi mahsulotni nihoyatda istiqbolli hisoblashmoqda. Endi xitoylik olimlar jamoasi sun’iy emalni yetarlicha qalinlikda kattalashtirish ustida ish olib borishmoqda.

Hozir sinov laboratoriya sichqonlari ustida o‘tkazilmoqda. 1-2 yildan so‘ng navbat odamlarga keladi, deyishmoqda.

Kiritildi: 06:45 07.09.2019. O'qildi: 1451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!