UFC chempioni Drikus dyu Plessi Xamzat Chimayevga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Xamzatga qarshi jang shubhasiz katta sinov bo‘ladi. Men bungacha bunday yigitlarga qarshi jang qilmaganman. U aqlbovar qilmas sportchi va men jon deb u bilan jangga rozi bo‘lardim. O‘yindagi vazifam - dunyodagi zo‘rlar bilan jang qilish va chempionlik kamariga o‘z-o‘zidan ega bo‘lib qolmaganimni isbotlash.
Xamzat bilan jangimizning birinchi raundidayoq katta to‘fon ko‘tariladi. U o‘z rejasini keskin o‘zgartirib yuboradi deb o‘ylamayman. Maqsadim - raqibga hujum qilish. Xamzatni o‘ldirmoqchiman. Uning teykdaunlaridan himoyalanib o‘tirmayman, aksincha, unga hujum qilaman", - dedi Drikus dyu Plessi.