Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Plastik karta yo‘qolganda nima qilish kerak?

A A A
Plastik karta yo‘qolganda nima qilish kerak?

To‘lov kartasi yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda zudlik bilan xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilish lozim.

✅ To‘lov kartasi bank tomonidan quyidagi hollarda bloklanadi:

? bank kartasi egasidan uning yo‘qolganligi yoki o‘g‘irlanganligi haqida ariza qabul qilinganda;

? PIN-kodni ketma-ket 3 marta noto‘g‘ri terilganda;

? tergovchi, surishtiruvchi, sud ijrochisi yoki sudning bank hisobvarag‘idagi operasiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori olinganda;

? bank kartochkalaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan boshqa hollarda.

✅ Mijoz quyidagilar orqali to‘lov kartasini mustaqil ravishda bloklab qo‘yishi mumkin:

? bankning internet-saytidagi shaxsiy kabineti (internet-banking xizmati yoqilgan bo‘lsa);

? xizmat ko‘rsatuvchi bankning yoki to‘lov xizmati ko‘rsatuvchilarning (Uzcard, PayMe, Click va b.) mobil ilovasi.

Plastik kartani blokirovkadan yechish uchun plastik kartochka olingan bank filialiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilish kerak.

Kiritildi: 12:17 08.02.2020. O'qildi: 6608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!