Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Piyozning foydali va zararli tomonlarini bilasizmi?

A A A
Piyozning foydali va zararli tomonlarini bilasizmi?

Kanada parhezshunoslar uyushmasi a’zosi Natalya Nefedova kimga piyoz yeyish foydali ekanligi va qanday kasalligi borlar ushbu sabzavotni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi kerakligi aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, piyoz tarkibida vitamin va minerallar, tolalar va ko‘plab fitomoddalar bor. Noyob kimyoviy tarkibi tufayli piyoz organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini oldini oladi va immunitet tizimini mustahkamlaydi. Bundan tashqari, u ayrim kasalliklarga chalingan odamlar uchun foydalidir, deb qo‘shimcha qildi parhezshunos.
"Vitamin va minerallar masalan, S va B vitaminlari borligi bilan bir qatorda, shuningdek, klechatka, ko‘plab fitomoddalar, shu jumladan antioksidant sifatida ishlaydigan flavonoidlar bor - ular organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi, bostiradi. Bu yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, onkologiya bo‘lishi mumkin. Shuningdek, piyoz immunitetga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi", - deydi Nefedova.
Piyoz ta’mi tuz iste’molini kamaytirishga ham yordam beradi, dedi shifokor.

Biroq, piyozni dori kabi faqat kasal bo‘lganlar yeyishi shart, deb o‘ylamaslik kerak. Bu sabzavotni profilaktika uchun muntazam ravishda iste’mol qilish yaxshiroq bo‘ladi, deydi parhezshunos.
Piyozni ba’zi odamlarda ehtiyotlik bilan piyoz iste’mol qilishi kerak. "Ichak sindromi, gastrit yoki zarda bezovta qilsa ehtiyot bo‘lish kerak", - dedi Nefedova. Piyoz chirimasligi va foydali xususiyatlarini yo‘qotmasligi uchun uni salqin sharoitda saqlash kerak, deb xulosa qildi u.

Kiritildi: 09:01 14.12.2021. O'qildi: 4228 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!