Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Pistorius: Germaniya Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborishni rejalashtirmayapti

Pistorius: Germaniya Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborishni rejalashtirmayapti

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius hozirda Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish masalasi ko‘rib chiqilmayotganini aytdi.

"Va bu faqat jamoaviy mandat ostida, ya’ni Yevropa Ittifoqi, NATO yoki BMT doirasida joylashtirilgan taqdirda mumkin. Biroq hozircha buning uchun hech qanday tashabbus yo‘q," - dedi u Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasiga bergan intervyusida.

Pistoriusning tushuntirishicha, Bundesverga bunday xorijiy operasiya uchun katta ehtimol bilan parlamentning ruxsati kerak bo‘ladi.

Shunga qaramay, vazir GFR hukumati kelajakda bunday tashabbusni ilgari surishi mumkinligini istisno qilmadi.

Kiritildi: 17:57 24.05.2025. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!