Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Piskentda chiqindilarni yoqib yuborgan huquqbuzar jarimaga tortildi

A A A
Piskentda chiqindilarni yoqib yuborgan huquqbuzar jarimaga tortildi

Toshkent viloyati Piskent tumani hududida chiqindilar yoqib yuborildi. Huquqbuzarlik Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan holat o‘rganilganida fuqaro N. M. Mingtepa MFY hududida yoqilg‘i hisoblanmaydigan qurilish materiallarini yoqib yuborgani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 88-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. N. M. 300 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Kiritildi: 18:15 10.07.2023. O'qildi: 1705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!