Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan ATB “Mikrokreditbank” Piskent filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.D.” MCHJ rahbari B.X. bank filialidan uskunalar sotib olish uchun ajratilgan 500 mln so‘m kreditni noqonuniy o‘zlashtirib, o‘tkazilgan monitoringda avvaldan mavjud bo‘lgan eski asbob-uskunalarini go‘yoki kredit mablag‘i evaziga sotib olganligini ko‘rsatganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.