Eron Prezidenti Ma’sud Pezeshkiyon Mashhad shahriga safari davomida vertolyot halokatida vafot etgan Ibrohim Raisiyning onasini yo‘qlab borgan.
Raisining onasi Pezeshkiyonning sa’y-harakatlari va xalqqa qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi va uning muvaffaqiyati hamda farovonligi uchun duo qildi.
Ziyorat davomida sobiq prezidentning keksa onasi Pezeshkiyonga vertolyotga chiqmaslikni maslahat bergan.
Pezeshkiyon unga: "Xudo xohlasa", deb javob berdi.