U bu haqda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining umumiy munozaralaridagi nutqi chog‘ida aytdi.
«Eron yadroviy qurol xavfsizlikni ta’minlaydi, deb hisoblamaydi. Biz aniq aytamiz: yadroviy qurolga yo‘q», — dedi Pezeshkian.
Shu bilan birga, u Eron yadroviy sohada tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirishdan voz kechmasligini ta’kidladi.
Eron prezidenti G‘arb davlatlarini ikki xil yondashuvda aybladi. Uning ta’kidlashicha, Isroilda yadroviy qurol mavjud bo‘lsa-da, xalqaro inspektorlardan Eronga borish talab qilinmoqda.
Tehron o‘z yadroviy dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini ta’kidlab keladi. AQSh esa Erondan uran boyitishni to‘xtatishni talab qilmoqda va bu jarayonni yadroviy qurol yaratish xavflaridan biri sifatida baholamoqda.