Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Peterburg sudlari teraktdan keyin 400 dan ortiq migrantni deportasiya qildi

A A A
Peterburg sudlari teraktdan keyin 400 dan ortiq migrantni deportasiya qildi

25 martdan 29 martgacha Sankt-Peterburg sudlari chet el fuqarolarini Rossiyadan majburiy chiqarib yuborish bo‘yicha bir necha yuzlab qarorlar chiqardi. Bu haqda shahar sudlari qo‘shma matbuot xizmati rahbari Darya Lebedeva ma’lum qildi.

Ushbu davrda sudlarga migrasiya qonunchiligiga rioya qilmaslik yuzasidan 584 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar kelib tushgan.

Sudlar tomonidan 515 ta ish ko‘rib chiqilgan. Natijada sudlar 418 nafar xorijlikni Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlariga (SVSIG) jo‘natish va keyin ularni Rossiyadan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan. Yana 48 kishi jarima to‘lashi va Rossiyani mustaqil ravishda tark etishi kerak.

«Zarur hollarda barcha ishlar tarjimonlar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Migrantlarning huquqlari sudlar tomonidan to‘liq hurmat qilindi», deb qo‘shimcha qildi Lebedeva.

29 mart kuni «Perviy otdel» inson huquqlari guruhi Sankt-Peterburgda huquq-tartibot idoralari Rossiyada qolish huquqiga ega bo‘lmagan xorijiy fuqarolarni aniqlash va deportasiya qilish bo‘yicha «Antimigrant» keng ko‘lamli operasiya o‘tkazayotgani haqida xabar berdi. Ayrim xorijliklarning manfaatlarini himoya qilgan advokatlardan biri yotoqxona va xonadonlarda reydlar o‘tkazilayotgani, maxsus hibsxonalar to‘lib qolganini aytdi. Unga ko‘ra, migrantlar Rossiyadan ommaviy ravishda chiqarib yuborilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni «Krokus Siti Xoll» binosida yuz bergan terrorchilik hujumidan keyin 4 nafar tojikistonlik gumondor qo‘lga olingan edi. Shundan so‘ng, Rossiyada noqonuniy migrantlarga qarshi reydlar kuchaytirildi.

Kiritildi: 05:04 31.03.2024. O'qildi: 1500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!