Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Peskov: Ukrainaning xavfsizlik kafolatlari Rossiya xavfsizligiga tajovuzdir

A A A
Peskov: Ukrainaning xavfsizlik kafolatlari Rossiya xavfsizligiga tajovuzdir

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Katta yettilik” davlatlarining bugun Ukraina xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli rejalarini e’lon qilish niyatini izohlar ekan, bu Rossiya xavfsizligiga tajovuz, dedi.

“Ukraina xavfsizligi uchun kafolatlar berish orqali ular Rossiya Federasiyasi xavfsizligiga tajovuz qilmoqdalar. Bu mumkin emas va o‘rta, uzoq va hatto qisqa muddatda bu juda va juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin ", dedi jurnalistlarga Ukrainaga hujum qilib, katta urush boshlagan mamlakat prezidentining matbuot kotibi.

Britaniya hukumati va AQSh prezidenti ma’muriyati avvalroq xabar qilganidek, chorshanba kuni NATO sammiti arafasida G7 davlatlari yaqin yillarda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish deklarasiyasi-rejasini imzolaydi.

Kiritildi: 23:05 12.07.2023. O'qildi: 1986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!