Agar Ukraina NATOga kirsa, bu Rossiya uchun tahdid bo‘ladi. Bu Rossiya tomonining aniq va qat’iy munosabatini talab qiladi, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi borasidagi pozisiyasi aniq va izchil.
Uning ta’kidlashicha, Ukrainaning harbiy blokka kirishi Rossiya Federasiyasi uchun "mutlaq xavf, tahdid"ga aylanadi.
"Bu bizdan juda tushunarli va qat’iy munosabatni talab qiladi", dedi Peskov jurnalistlarga.
Prezident matbuot kotibi, shuningdek, Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lishi Yevropadagi “allaqachon eskirgan” xavfsizlik arxitekturasi uchun “juda va juda salbiy oqibatlarga olib kelishini” ta’kidladi.