Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Peskov: Tramp Putinning pozisiyasini eshitishga tayyor

Peskov: Tramp Putinning pozisiyasini eshitishga tayyor

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina masalasidagi pozisiyasini izchil deb baholadi va uning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikrlarini eshitishga tayyorligini ta’kidladi.

Peskovning aytishicha, Putin va Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti Rossiyaning pozisiyasini AQSh rahbariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish uchun muhim imkoniyat bo‘lgan.

«Prezident Trampning pozisiyasi ancha izchil. Uning rahbar sifatidagi yondashuvi o‘zgargani haqidagi barcha taxminlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U vaziyatni tushunishda izchil va ishonchli», — dedi Peskov.

Kreml vakili ikki davlat rahbari yaqin kelajakda ham muloqotni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy jihat shundaki, Donald Tramp Vladimir Putin tomonidan yetkaziladigan ma’lumotlarni eshitishga ochiq.

Shu bilan birga, Peskov Trampning Ukraina va Yevropa bilan bog‘liq siyosiy jarayonlarga munosabati haqidagi savolga javob berishdan bosh tortib, bu masala yuzasidan izohni Oq uydan so‘rash kerakligini aytdi.

Kiritildi: 16:43 06.07.2026. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!