Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Peskov Rossiyaga migrantlar kerakligini aytdi

Peskov Rossiyaga migrantlar kerakligini aytdi

"Migrantlar biz uchun ehtiyoj. Gap shundaki, Rossiyada demografik vaziyat judayam keskin. Biz dunyodagi eng katta davlatda yashaymiz, lekin bizda aholi kam. Dinamik taraqqiyot va barcha rivojlanish rejalarini amalga oshirishimiz uchun bizga ishchi kuchi kerak. Biz ularni kutib olamiz", — dedi Kreml matbuot kotibi “RIA Novosti”ga.

"2024 yil mart oyida Krokus Siti Xolldagi teraktda Tojikistondan kelgan muhojirlar ayblanganidan so‘ng Rossiya hukumati migrantlarga qarshi bir qator choralar ko‘rdi. Davlat Dumasi noqonuniy migrasiya uchun jazoni kuchaytiruvchi va nikoh orqali Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olishni cheklovchi qonunlar to‘plamini tasdiqladi. Shuningdek, Rossiyadagi migrantlarni chiqarib yuborish uchun yangi maxsus rejim qabul qilingan. Bu harakatlar Rossiya mehnat bozorida kadrlar tanqisligini yanada kuchaytiradi", deb yozadi “Meduza”.

Kiritildi: 19:52 22.11.2024. O'qildi: 898 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!