Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Peskov: Rossiya dron va raketalar bilan Ukrainaga javob zarbasini bermoqda

Peskov: Rossiya dron va raketalar bilan Ukrainaga javob zarbasini bermoqda

Rossiyaning Ukrainaga qarshi dronlar va raketalar bilan uyushtirgan zarbalari bu ukrainaliklarning hujumlariga javob chorasi, dedi Dmitriy Peskov.

"Biz ukrainaliklar ijtimoiy va tinch infratuzilmamiz ob’ektlariga zarba berayotganini ko‘ryapmiz. Bu javob zarbasi, aynan harbiy ob’ektlar, harbiy nishonlarga qaratilgan hujumdir", — dedi u.

Peskov, shuningdek, Trampning "Putin aqldan ozgan" degan gapiga javob qaytardi.

"Bu emosional zo‘riqish bilan bog‘liq holat. Amerika tomoni muzokaralar jarayonini boshlash uchun katta kuch sarfladi, bu juda muhim yutuq. Biz amerikaliklardan va shaxsan prezident Donald Trampdan chin dildan minnatdormiz. Albatta, bu ayni paytda katta mas’uliyat bilan bog‘liq lahza hamdir", — deya fikr bildirdi Kreml vakillari.

Kiritildi: 18:57 26.05.2025. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!