Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi tinchlik jarayoniga tayyorligini bir necha bor tasdiqlagan.
Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Bilasizmi, Rossiya prezidenti tinchlik jarayoniga tayyorligini bir necha bor tasdiqlagan", — dedi Peskov AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning jamoasi joriy yilda Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish ustida ishlamoqchi ekanligi haqidagi ma’lumotni izohlar ekan.