"Yadroviy infratuzilma ob’ektlariga zarba berilgani haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas. Bu Ukraina rasmiylarining navbatdagi provokasiyasi va manipulyasiyasi. Kiyev rejimi aynan shunday ishlarni yaxshi ko‘radi va ikkilanmasdan amalga oshiradi ham”, - dedi Dmitriy Peskov.
Kiyev Myunxen konferensiyasi oldidan yana tomosha ko‘rsatmoqda. Ular tunda Chernobil AESiga zarba berib bunda Rossiyani aybladi. Bu bilan ular Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarni buzishga urinmoqda, deb izoh berdi TIV vakili Mariya Zaxarova.
MAGATE rasmiylariga ko‘ra o‘tgan tun soat 01:50da Chernobil AESining 4-bloki ustidagi himoya gumbaziga dron qulab tushgan va yong‘in boshlangan. O‘t o‘chiruvchilar uni bartaraf etishgan, himoya qobig‘ida shikastlanish belgilari aniqlanmagan.