Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 100 mingdan ortiq namoyishchi mamlakat prezidenti Xose Xerining iste’fosini, pensiya islohotini bekor qilishni va mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi kurashni talab qilmoqda.
Peru Kongressi binosi oldida namoyishchilar va polisiya o‘rtasida keskin to‘qnashuvlar yuz bermoqda. Polisiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda, namoyishchilar esa ularga toshlar va pirotexnika vositalari bilan javob qaytarmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 2 kishi halok bo‘lgan, 122 kishi jarohatlangan, 11 kishi hibsga olingan.